Yangiliklar

img
Mon, 10/23/2023 - 11:40

Bayram davom etmoqda

"Uzbekinvest" sug'urta kompaniyasida 21-oktabr "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan tadbir va xodimlar o'rtasida bellashuv o'tkazildi. Dastlab,  kompaniya bosh direktori Rustam Azimov   tadbir qatnashchilarini bayram bilan qutladi.  Yurtimizda ona tilimizga bo'lgan e'tibor, fuqarolarning davlat tiliga munosabati xususida alohida to'xtalib o'tdi. 
Tadbirda  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi  Sanobar Qo'ldasheva ishtirok etib, tilimiz tarixi, uning o'ziga xosliklari haqida qiziqarli ma'ruza qildi. Tadbirning ikkinchi yarmida kompaniya xodimlari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuvda ishtirokchilar 4ta shart bo'yicha bahs olib borishdi. Yakunda qo'yilgan baholarga ko'ra, 1-o'ringa 1 mln so'mlik, 2-o'ringa 600 000 so'mlik, 3-o'ringa 400 000 so'mlik sertifikatlar topshirildi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan "Til - millat ko'zgusi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirni o'zbek tili va adabiyoti sektori rahbari p.f.n, dotsent M. Kamalova ochib berdi, shuningdek, unda Alisher Navoiy nomidagi o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi F. Kurbanova ishtirok etdi.