Yangiliklar

img
Wed, 10/25/2023 - 11:52

Barqaror rivojlanish va sifatli oliy taʼlim berish istiqbollari borasida hamkorlik

Ma’lumki, 2022-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan Qozog‘iston Respublikasining Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi.
2023-yil 18- 23 oktyabr kunlari BMT tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) muvofiq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti Falsafa va psixologiya fakulteti “Psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari va magistrantlari uchun ilmiy nazariy seminarlar o‘tkazishdi.
Seminarlar Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek va qozoq xalqlari uchun umumiy bo‘lgan tarix, madaniyat, ta’lim-tarbiya, fan masalalariga bag’ishlandi.
Kafedra dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Ilhom Aslonov “Bobur-noma”da badiiy-psixologik obraz muammosi” mavzusida; p.f.n dotsent Sattorov Vaxob Nashbandovich “O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida; kafedra v.b dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Raximov Navruzbek Shoxnazarovich “Фалсафа методологияси” mavzusida; katta o‘qituvchi Jobborova Gulnoza Kadamovna “O‘zbek xalq ekologiyasi - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish vositasi sifatida” mavzusida; katta o‘qituvchi Аbdurazakova Kamolaxon Yusupovna  “O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashdagi o‘rni” mavzusida; katta o‘qituvchi Karimov Farxod Toshtemirovich “O'smirlik davrida shaxsning shakllanishi va o'smir avtonomiyasi”  mavzusida; katta o‘qituvchi Karimova Madina Xolmuratovna “Talaba yoshlarda axloqiy hislarni rivojlantirishning psixologik omillari” mavzusida; o‘qituvchi Аmirova Luiza Marotovna “O'smirlik davrida shaxsning shakllanishi va o'smir avtonomiyasi”  mavzusida;  stajyor o‘qituvchi Xaytboev Boburjon Xamzaeivich “Inson falsafasi (falsafiy antropologiya)” mavzusida o‘tkazgan ilmiy nazariy seminarlar universitet olimlari, pedagoglari ishtirokida keng muhokama qilindi.

 

Bundan tashqari, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasining quyidagi professor-o‘qituvchilari onlayn tarzda ilmiy nazariy-metodologik seminar tashkil etishdi: psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Sodiqova Gulbarno Odiljon qizi tomonidan “Trening metodologiyasi” mavzusida; katta o‘qituvchi Buronov Anvar Korabaevich tomonidan “Din falsafasi” mavzusida; kafedra katta o‘qituvchi Fayzieva Farog‘at Baxtiyorovna tomonidan “Sotsialogiya tarixi” mavzusida; katta o‘qituvchi Akramov Xasan Furkatovich tomonidan “Sotsial so‘rovni tashkil etish jarayoni” mavzusida; katta o‘qituvchi  Turaev Boboyor Baxtiyorovich tomonidan “Etakchilik va etakchini tayyorlash qobiliyatlari” mavzusida; kafedra o‘qituvchi Juraeva Dilfuza Abduganievna tomonidan “Yosh inqirozlari” mavzusida; katta o‘qituvchi Raximova Mashxura Inamjanovna tomonidan “Falsafa metodologiyasi” mavzusida onlayn ilmiy nazariy-metodologik seminar tashkil etildi.

Ilmiy nazariy seminarda ilmiy sohada fikr almashish, o’zaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot ko'nikmalarini rivojlantirish, dunyo ilmiy maydonida o'zini namoyon qilish, shuningdek, metodologiya, ilmiy tadqiqot asoslari haqidagi nazariyalar, g‘oyalarni kengaytirish va chuqurlashtirish kabi dolzarb pedagogik, psixologik muammolar ilgari surildi.
Seminarda qatnashgan Akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari hamda talabalari muhokamalarda faol ishtirok etdilar.