Yangiliklar

img
Sun, 12/10/2023 - 15:54

Baralla yangra, madhiyam

Joriy yilning 9-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 10-dekabr O‘zbekiston davlat madhiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirni O'zbek tili ta’limi fakulteti dekan o‘rinbosari N.Nuradullayev ochib  o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.Madhiyamiz O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov she’ri, O‘zbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida ishlab chiqilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorug‘ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan deya alohida ta’kidladi. Tadbir davomida talabalar tomonidan she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.