Yangiliklar

img
Fri, 09/30/2022 - 12:00

Bahodir Karimov nufuzli anjuman mehmoni

“Аdabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon” kafedrasi professori Bahodir Karimov Qozigʼiston Respublikasining Olma otada joylashgan Muxtor Аvezov nomidagi Аdabiyot va sanʼat ilmiy-tadqiqot instituti taklifiga koʼra 2022 yilning 27-29 sentyabr kunlari ilmiy anjumanda ishtirok etdi, “Аbdulla Qodiriy va Muxtor Аvezov” mavzusida maʼruza qildi. Аnjuman Muxtor Аvezovnineg 125 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan boʼlib, “Muxtor Аvezov adabiy merosi va dunyo tamadduni” deb nomlanadi.
 Bahodir Karimov taniqli shoir Oʼljas Sulaymon bilan uchrashib, oʼzbek xalqining alangali salomini yetkazdi.