Badiiy tarjima: nazariya va amaliyot uyğunligi
2026-yil 16-noyabr kuni Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoşidagi tarjimaşunoslik nazariy-metodologik seminarining navbatdagi maşğuloti «Tarjima — tillararo transfer jarayoni: badiiy tarjimada til, uslub va madaniyat» mavzusida bölib ötdi.
Özbekistondagi Gyote universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan seminarda tarjimon va adabiyotşunos Hafiza Qöçqorova iştirok etdi.
Seminar davomida badiiy tarjimaning murakkab jihatlari, xususan, asar mazmuni, muallif uslubi, badiiy ruhiyati va milliy-madaniy öziga xosligini boşqa tilda qayta yaratiş masalalari muhokama qilindi. Nazariy mulohazalar amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştirilib, iştirokçilar kiçik hajmdagi badiiy matnni mustaqil tarjima qildilar hamda yuzaga kelgan turli tarjima variantlarini birgalikda tahlil etdilar.
Şuningdek, Hafiza Qöçqorova tarjimonlar uçun ajratilgan grant asosida Germaniyaning Hamburg şahrida ikki oy davomida olib borgan faoliyati, xalqaro tajribasi va tarjimonlar uçun mavjud grant imkoniyatlari haqida sözlab berdi.

Mazkur seminar badiiy tarjimaga faqat tillararo muqobillik nuqtayi nazaridan emas, balki adabiy-estetik tafakkur va madaniyatlararo muloqot jarayoni sifatida yondaşiş, nazariy bilimlarni amaliy könikmalar bilan mustahkamlaş hamda yoş tarjimonlarning kasbiy mahoratini rivojlantirişga xizmat qildi.

