Yangiliklar

img
Sat, 09/24/2022 - 17:44

Ayollar huquqlarini himoya qilish - burchimiz

ToshDO'TAUda munozara klubi ish boshladi. Bu klub jamiyatimizdagi turli muammoli masalalarga yechim topish, ularning tub ildizlarini aniqlash va munozaralar orqali yoshlarning fikrlarini ochiq bayon etishlariga imkon berishdan iboratdir.
Munozara klubining ilk debati "Gender tengligini ta'minlash va ayollar huquqlarini himoya qilish" mavzusida bo'ldi. Munozaralarda ToshDO'TAU Xotin-qizlar kengashi raisi Gulnoza Jo'rayeva hamda va psixolog hamda gender tengligi faoli Sofiya Sedih ham ishtirok etishdi. 
Universitetimiz talabalarining 80 foizdan ko'prog'ini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning bilim olishlari, jamiyatda o'z o'rinlariga ega bo'lishlari, huquq va majburiyatlarini anglashlarida biz ham mas'ulmiz! Ayollarning oilaviy hayotda turli tazyiq va zo'ravonliklarga uchrashlari achinarli, undan ham yomoni ayollarni ish joylarida jinsiy kamsitilishlaridir. Bu kabi muammolarning asl sababi nimada , degan savolga javob topishda klub a'zolari o'z qarashlarini bildirdilar. 


Xulosa o'rnida, shuni aytish mumkiinki, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish faqat ilm-ma'rifat bilandir. Faqatgina ilmli va oqila ayollar o'zlaridek dono hamda yetuk farzandlarni tarbiyalaydilar. Shunday ekan, qizlarga ilm berish muhim!