
Ayolga ehtirom
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilair va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.Dastur doirasida universitetning iqtidorli talabalari va san’atkorlari tomonidan konsert namoyish etildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan ayol ustozlar va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning ilm-fan va ta’lim rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida so‘z yuritildi. Bayram ishtirokchilari uchun samimiy tilaklar bildirilib, universitet jamoasi xotin-qizlarni ushbu ayyom bilan muborakbod etdi.
Bayram iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.