Yangiliklar

img
Wed, 09/14/2022 - 21:31

Ayol-qizlarning salomatligini mustahkamlash yo‘lida

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari,  Yakkasaroy tuman hokimi, Yakkasaroy tuman prokurori,  Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida yirik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir uchinchi bosqichda "Ayollar daftari" ga kiritilgan ayollar uchun noyob va zaruriy dori vositalari bilan ta'minlash masalalariga bag‘ishlandi. Ushbu tadbir doirasida 540 nafar ayolga 130 million so‘mlik dori vositalari beg‘araz tarqatildi. Shuningdek, ushbu tadbirda Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ayol-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu jarayonda nafaqat "Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollar,  balki ToshDO‘TAU talaba qizlari ham bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar. Ayniqsa,  talaba qizlarimizning reproduktiv salomatligini mustahkamlash,  doimiy nazorat qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 


Tadbir davomida ochiq muloqot tashkil etildi.  Bu muloqotda Yakkasaroy tuman fuqarolari va ToshDO‘TAU talaba qizlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.