Axborot-resurs markazi
Jumayeva Zamira Boltayevna
Tug‘ilgan sanasi:
Millati: O'zbek
E-mail: jumayevazamira1973@gmail.com
Kontakt: +998 90 944 99 93
Qabul kunlari: 09:00 - 18:00
MA'LUMOT
- Markaz xodimlari o‘z faoliyatida universitetda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalari hamda Axborot-resurs markazi nizomi asosida faoliyat olib boradi;
- Universitetda o‘qitiladigan mutaxassisliklarga mos bo‘lgan darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarni harid qilish masalasini Oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qiladi;
- Axborot-resurs markaziga topshirilgan barcha adabiyotlarni ro‘yxatga oladi hamda elektronlashtirib ARMning elektron kutubxonasi
- (www.armat.navoiy-uni.uz, www.library.navoiy-uni.uz)ga joylashtiradi.
Axborot-resurs markazi
Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi universitet talabalari,
pedagog-xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.
Vazifalari:
- Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
- Universitetda o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan Axborot-resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ- 3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga muvofiq universitet talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda mahalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
- Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
- “ZiyoNET” elektron axborot tarmog‘i hamda universitet elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib boorish.
- kitob muzeyiga borishni tashkil etish;
- badiiy va kitob ko‘rgazmalarini o‘tkazish;
- kutubxona bo‘ylab sayohatlarni tashkil etish orqali foydalanuvchilarga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Huquq va majburiyatlari:
- ARM quyidagi huquqlarga egadir:
- Ushbu Nizomga beogilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- axborot-kutubxona fondlaridan hamda boshqa axborot resurslaridan foydalanish, shuningdek ulardan foydalanish rejimi shartlarini belgilash;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq foydalanuvchi tomonidan yetkazilgan zarar turlari va miqdorini aniqlash;
- foydalanuvchi tomonidan keltirilgan zararni 5 barobardan 10 barobarigacha qoplash choralarni ko‘rish;
- ushbu Nizomni buzgan foydalanuvchilarning ARM resurslaridan foydalanishini cheklash muddatini (ikki hafta, bir oy, uch oy, olti oy va bir yil) va javobgarlik choralarini belgilash;
ARM quyidagilarga majburdir:
- axborot-kutubxona resurslarini shakllantirish, axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Kutubxona Ustaviga muvofiq ularning saqlanishini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash;
- foydalanuvchilarning ARMda ishlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning yuksak madaniyatini ta’minlash;
- ARMdan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
- Foydalanuvchilarni ushbu Nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirish.