Yangiliklar

img
Sat, 11/28/2026 - 18:34

Astanada xalqaro ilmiy seminar bölib ötdi

2026-yil 25–27-noyabr kunlari Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professor-öqituvçilaridan iborat delegatsiya Qozoğiston Respublikasining Astana şahrida ilmiy safarda böldi.

Safar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor pedagogik tajribalarni örganiş hamda özaro aloqalarni kengaytirişga qaratildi.

26-noyabr kuni L.N. Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti Filologiya fakulteti Çet tillar kafedrasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini belgilovçi metodologik paradigmalar” mavzusida xalqaro ilmiy seminar taşkil etildi.

Seminarda universitetimiz olimlari, filologiya fanlari doktori, professor I.A. Yaqubov, PhD, professor A.M. Mamadaliyev, filologiya fanlari doktori, professor Z.Q. Teşaboyeva hamda PhD, dotsent S.A. Qahharova ma’ruzalar bilan iştirok etdi.

Ma’ruzalarda media savodxonlik, kompetensiyaga asoslangan til öqitiş, turkiy tillarni öqitişda zamonaviy metodologik yondaşuvlar, raqamli vositalardan foydalaniş hamda qozoq-özbek adabiy aloqalari kabi dolzarb masalalar yoritildi. Seminar savol-javob va ilmiy munozaralar bilan davom etdi. Yakunda iştirokçilar taqdirlandi.

27-noyabr kuni delegatsiya a’zolari Filologiya fakulteti dekani S. Duysengazi hamda Çet tillar kafedrasi mudiri, PhD P.J. Balximbekova bilan uçraşdi. Uçraşuvda oliy ta’lim sohasida akademik hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor tajriba almaşiş va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida universitetlar örtasida hamkorlik memorandumini imzolaş, Scopus bazasida indekslanadigan nufuzli jurnallarda qöşma maqolalar çop etiş, qöşma darslik va öquv qöllanmalar yaratiş, professor-öqituvçilar hamda talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş kabi istiqbolli yönalişlar belgilab olindi.

Şuningdek, Erasmus+ dasturi loyihalarida birgalikda iştirok etiş, magistratura va PhD tadqiqotlariga qöşma ilmiy rahbarlik qiliş, badiiy asarlarni hamkorlikda tarjima qiliş hamda malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş böyiça ham kelişuvlarga erişildi.

Mazkur ilmiy safar Özbekiston va Qozoğiston oliy ta’lim muassasalari örtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlaş va istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş yölidagi muhim qadam böldi.