Yangiliklar

img
Thu, 12/14/2023 - 12:43

Art-terapiya treningi nima?

13- dekabr kuni  universitet psixologi Nargiza Norova  professor-oʻqituvchi va talabalar  ishtirokida  qobiliyatni aniqlash va hayotda o‘z o‘rnini topish bo‘yicha  art-terapiya  treningini o‘tkazdi.  Bu usul sanʼat va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya va psixologik korreksiyaning yoʻnalishlaridan biri.  
Art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirishdir. 
Talaba qizlar treningda o'zlarining qobiliyatlarini o'zlari uchun ham kashf etdilar. Ranglar ularning kayfiyatlarini aks ettirsa, shakllar ularning ruhiy holatlarini ko'rsatadi.

  

Ishtirokchilar berilgan qisqa vaqt ichida barmoqlari orqali bo‘yoqlar yordamida rasm chizishdi. Treningni o‘tkazishdan maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘lib, talabalarning tadbir davomida ichki ruhiyatini ranglar bilan qanchalik bog‘lay olishi trenerlar tomonidan tahlil qilindi. 

Talabalar trening davomida jamoaviy ishlash, do‘stona muloqot, birgalikda kommunikativ aloqalarni o‘rnatish hamda maqsadlarni birlashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.