Yangiliklar

img
Mon, 12/19/2022 - 17:24

Arab tilini o‘rgatish bo‘yicha yirik anjuman bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Nargiza Rashidova va kafedra dotsenti Murtazo Saydumarov Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetida Xalqaro arab tili kuniga bagʻishlangan katta tadbirda ishtirok etdilar. 
"Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuv va o‘qitish metodikasi" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga arab tili fan sifatida o‘qitiladigan yurtimiz OTMlari o‘qituvchilari taklif etildi.
Tadbirda Arab davlatlari elchixonalari vakillari, turli vazirlik va idoralar xodimlari tashrif buyurishdi. Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Murtazo Saydumarov “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyasi sovrindori boʻldi.