Yangiliklar

img
Sat, 04/04/2026 - 11:46

Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha

Joriy yilning 3-aprel sanasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti O. Turakulova tashabbusi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 282-maktab hamkorligida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur kechada nufuzli mehmonlar, faxriy ustozlar hamda o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining muborak sanasini munosib nishonlash, yosh avlod qalbida milliy tariximizga hurmat, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi, yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, namoyish etilgan badiiy spektakl tomoshasi tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurot qoldirdi.

  

Pedagoglar tomonidan tashkil etilgan ushbu ma’rifiy kecha o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi hamda ularning tarixiy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.