
Amerikalik mutaxassis talabalarga saboq beradi
Joriy yilning 14-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAUga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari keldilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ToshDO‘TAU ta'lim tizimini yanada takomillashtirishda amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti taklifiga binoan AQShning O'zbekistondagi elchixonasi Fulbrayt dasturi doirasida universitetimizga malakali ingliz tili o'qituvchisi Bleyk Amanni yubordi. Bleyk Aman Los-Anjelesdagi Janubiy Kaliforniya universitetini tamomlagan. Dunyoning turli nuqtalarida tajriba oshirgan yosh tadqiqotchi ushbu o'quv yili yakuniga qadar talabalarimizga saboq beradi. Ingliz tili ona tili sanalgan Bleyk Aman talabalarimizning til ko'nikmalarini yanada yaxshilashga va ularning dunyoqarashiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz.
Qolaversa, yosh o'qituvchi Bleyk hech qachon Markaziy Osiyoga sayohat qilmagan bo'lsa-da, avval Fransiya va Nepalda yashagan, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo bo'ylab sayohat qilgan. U ToshDO'TAUga kelib, o'zbek madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishdan, butun o'zbekistonliklar bilan qadrdonlashishdan juda xursand. Talabalarimiz bu borada o'z ustozlariga yaqin ko'makdosh bo'lishlari aniq.