Yangiliklar

img
Fri, 06/02/2023 - 19:59

Amaliyot yakunlariga doir konferensiya

2-iyun kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 4-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti yakuniga bagʻishlangan konferensiya bo'lib o'tdi. Anjumanni universitetimiz o'quv ishlari bo'yicha prorektori f.f.d. S.Normamatov ochib berdi. Shundan so'ng amaliyotning tashkil etilishi bo'yicha Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani f.f.d., dotsent M.Abdullayeva ma'ruza qildi. Pedagogik amaliyot va kutilgan natija haqida Ona tili va adabiyot ta’limi kafedrasi mudiri f.f.d., dotsent G.Jurayeva hisobot berdi. Pedagogik amaliyot hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan p.f.d., (PhD) dotsent S.Kambarova, p.f.d., (PhD) dotsent K.Mavlonovalarning xulosalari eshitildi. Shundan so'ng faol amaliyot davomida egallangan yangi malakalar, tarjribalar haqida talabalar iliq fikrlar bildirishdi. Amaliyot jarayonida o'zining tashabbuskorligi va faolligi bilan yaxshi natijalar qayd etgan talabalar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandi. Bu talabalar tez orada davlat imtihonlari va Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlab, ta'limning turli bo'g'inlarida ishlash uchun yo'l oladilar. Biz bitiruvchilarimizning muvaffaqiyatli amaliyot o'taganlari bilan tabriklaymiz, hamda ularga mehnat faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.