
Amaliyot jarayoni o‘rganildi
Universitetimizning pedagogik ta'lim yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalari 4+2 shaklida o'quv jarayonini davom ettirmoqdalar.
Ular o'zlari biriktirilgan amaliyot o'tash maskanlariga o'rganib qolishdi. O'quvchilar qurshovida bo'lish, o'qituvchilikning mashaqqati va sharafini his qilish talabalarimizning kasbiy layoqatlari ortishiga xizmat qilmoqda.
Amaliyotni tashkil etish jarayonini o'rganish maqsadida Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti dekani M.Abdullayeva va shu nomdagi kafedra mudiri G.Jo'rayevalar Shayxontohur tumani 180-maktabdagi amaliyot hududiga tashrif buyurdilar. Ma'lumki, yurtimiz maktablarida oktabr oyi ona tili fani oyligi sanaladi. Shu munosabat bilan talabalarimiz maktab o'quvchilari bilan hamkorlikda adabiy-ma'rifiy tadbir tashkil etdilar.
Bir so'z bilan aytganda, talabalarning amaliyot jarayoni qizg'in davom etmoqda. Ular maktab o'quvchilari va pedagogik jamoasining hurmatiga sazovor bo'lishmoqda, amaliyot o'tash hududlarida ayrim talabalarimizni ishga ham taklif etishayotgani quvonarlidir.