Yangiliklar

img
Thu, 09/22/2022 - 11:23

Amaliyot - bo'lajak o'qituvchilar uchun tajriba maydoni

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti 2-bosqich talabalari uchun amaliy anjuman tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  "2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmonida pedagogik ta'lim yo'nalishlarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil oluvchi 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishi belgilangan edi. Ushbu Farmonning ijrosini ta'minlash va bo'lajak ustozlarni maktab ta'limi bilan yanada yaqinlashtirish , ta'lim va amaliyot uyg'unligiga erishish maqsadida  universitetning Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabalari ham amaliyotga chiqadilar.

Poytaxtning turli nuqtalarida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablariga biriktirilgan talabalar haftaning 2 kunini amaliyot o'tash hududida o'tkazadilar va yangi tajribalar, malakalarga ega bo'ladilar.