
Alisher Navoiyning 581 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri
Ulugʻ mutafakkir, jamoat arbobi, nazm mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 581 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti xiyobonida ham boʻlib oʻtdi. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda universitet talabalari ishtirok etishdi. Tadbirni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor, filologiya fanlari doktori A. Sobirov ochib berdi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari N.Jonuzoq, filologiya fanlari doktori, professor U.Joʻraqulov soʻzga chiib Navoiy yaratgan oʻlmas meros, Navoiy abadiyati haqida soʻzladilar. Talabalarning badiiy chiqishlari tadbirga yanada fayz bagʻishladi. Tadbir soʻngida xiyobondagi Alisher Navoiy haykaliga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.