Yangiliklar

img
Wed, 02/23/2022 - 16:28

“ALISHER NAVOIY VA BOBURNING TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTIDAGI XIZMATLARI” mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi

2022-yilning 23-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Turkiyaning Anqara universiteti, Me’mor Sinan nafis san’atlar universiteti, Yildiz Texnika universiteti hamda Manas nomidagi Xalqaro qirg‘iz-turk universiteti bilan hamkorlikda “ALISHER NAVOIY VA BOBURNING TILSHUNOSLIK TARAQQIYOTIDAGI XIZMATLARI” mavzusida Xalqaro ilmiy seminar tashkil etildi.            
ToshDO‘TAU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori  Nozliya Normurodova,  Anqara universiteti  Janubiy-sharqiy turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasi mudiri  Aynur O‘zjan  universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni yo‘lga qo‘yishning  naqadar muhim ekanligi,  Alisher  Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishda xalqaro  hamkorlikning ahamiyati,  sohadagi dolzarb masalalar xususida to‘xtaldilar. 
Seminarda uzoq yillardan beri Alisher  Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini  tadqiq  etayotgan taniqli olimlarning ma’ruzalari tinglandi.  
Xalqaro ilmiy seminar davomida navoiyshunoslik va boburshunoslik bo‘yicha yurtimizda va xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar,  erishilgan yutuqlar, yechimini kutayotgan muammolar, e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqidagi mulohazalar bildirildi. Xalqaro ilmiy loyihalar asosidagi hamkorlik bo‘yicha  taklif va tavsiyalar tinglandi.