Yangiliklar

img
Wed, 11/22/2023 - 21:26

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi “Oltoyshunoslik” to‘garagi o‘z faoliyatini boshlamoqda

“Oltoyshunoslik”   to‘garagining maqsadi:

a) Oltoyshunoslik va turkologiya yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar  va sohaga qiziquvchi talabalarni birlashtirish;

b) Oltoy tillari oilasiga mansub xalqlar tarixi, madaniyati, etnologiyasi, folklori, tili va adabiyotini kompleks o‘rganish;

v) Oltoyshunoslik va turkologiya yo‘nalishidagi ilmiy, ilmiy-omabop, adabiy-badiiy asarlarni o‘rganish va ularni tahlil qilib borish;

g) Talabalarni oltoyshunoslik va turkologiya yo‘nalishida taqdiqotlar olib borish uchun tayyorlash;

d) Oltoyshunoslik va turkologiya sohasiga qiziquvchi yoshlarni shu yo‘nalishdagi asosiy ustuvor va dolzarb vazifalar bilan tanishtirish va ularga komparativistik tadqiqot usullarini o‘rgatish;

y) Oltoyshunoslik yo‘nalishida kamida ikki haftada bir marta doktorantlar, magistratura va bakalavriyat talabalari uchun mashg‘ulotlar tashkil qilish.

To‘garak mashg‘ulotlarinii ikki bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqichda turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, etnologiyasi, folklori, tili va adabiyoti o‘rganiladi va talabalarga o‘rgatiladi;

2-bosqichda mo‘g‘ul, tungus-manjur xalqlar tarixi, madaniyati, etnologiyasi, folklori, tili va adabiyoti o‘rganiladi va talabalarga o‘rgatiladi.

To‘garakka oltoyshunoslikka qiziqish bildirgan va o‘zini faol ko‘rsatgan har bir talaba a’zo bo‘lishi mumkin. 

To‘garak a’zosi bo‘lish uchun o‘z qiziqishlarini ifodalovchi esse yozish talab etiladi.

To‘garak rahbari

Anvar Bo‘ronov Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi  “Oltoyshunoslik”  to‘garagining birinchi mashg‘uloti 

2023 yil 22 noyabr, chorshanba kuni  soat 14-00 da “V” bino 211-xonada bo‘lib o‘tadi

TO‘GARAKKA HAMMA FAKULTETLARDAN TALABALARNI TAKLIF QILAMIZ!

TO‘GARAK BONUSLARI

To‘garak ishida faol qatnashib, oltoyshunoslik bo‘yicha ilmiy maqolalar nashr qildirgan talabalar turli konferensiyalar va xorijiy mamlakatlarga uyushtiriladigan ekspeditsiyalarda qatnashish  uchun saralab olinadi.