Yangiliklar

img
Sat, 05/28/2022 - 22:17

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 6 yoshda

Joriy yilning 28-may kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti 6 yilligi munosabati bilan  “SENSAN TAQDIRIMGA BITILGAN BAXTIM, DOIM YUKSALAVER, UNIVERSITETIM” shiori ostida talabalar festivali boʻlib oʻtdi.

Bugun, eng avvalo, universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov universitetimizda ochilishi rejalashtirilgan muzeyga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan tanishdi.

Xabaringiz bor, universitetimiz 6 yilligi munosabati bilan 13-20 may kunlari maxsus haftalik e’lon qilindi va bugun mazkur haftalikda o’tkazilgan tanlovlarning tantanali taqdirlash marosimi tashkillashtirildi.

Tantanali marosimni universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov kirish so’zi bilan ochib berdi.

 Shundan so‘ng universitetimiz 6 yilligiga bag‘ishlangan qisqa metrajli film namoyish etildi. 


Bilim dargohimizning barcha ustoz va talabalari bugun kun davomida bayramona kayfiyatda yurganlari aniq.

Ayniqsa, taqdirlash marosimlari,  san'at ustalarining chiqishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi.  


Universitetimizning xorijlik hamkorlari ham o‘z tabriklari bilan jamoamizni qutladilar. ToshDO‘TAUning 6 yillik faoliyati sarhisob qilindi, erishilgan yutuqlar, oldindagi maqsadlar haqida so‘z bordi.

 
Nafaqat mamlakatimiz, balki xorijda ham e'tiroflarga sazovor bo‘layotgan shunday navqiron bilim muassasi vakili ekanimizdan, shu universitetga daxldorligimizdan faxrlanamiz. 


Parvozing baland bo‘lsin,  aziz universitetim!