Yangiliklar

img
Sat, 04/16/2022 - 14:50

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU rahbariyati universitetga biriktirilgan maktablarda

Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga Angren shahar, Ohangaron shahar va tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari biriktirilgan. Joriy yilning 15-aprel kuni universitet rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari mazkur tumanlarda joylashgan maktablarning rahbarlari, o'qituvchilari bilan  uchrashdi.

Xususan, universitetimiz rektori Shuhrat Sirojiddinov boshchiligidagi ishchi guruh Ohangaron shahar hokimiyati, tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan muloqot o'tkazdi. Muloqot davomida tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari bilan samarali hamkorlik munosabatlarini o'rnatish, o'quvchi-yoshlarda Vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuqori darajaga ko’tarish borasida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi Angren shahridagi 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Kitobxonlik mushoirasi" tadbirini tashkil etdi. Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektori Bahodir Xoliqov, tyutorlar qatnashdi.

Eng faol ishtirokchilarga universitetimizning esdalik sovgʻalari hamda kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi. Tashrif davomida ularga ta'lim jarayoni sifatini oshirish maqsadida metodik yordam ko’rsatish hamda ma'naviy ishlar samaradorligini oshirish masalalari ham ko’rib chiqildi.

Jarayon yakunida universitetimizga tuman hokimi o'rinbosari tomonidan alohida minnatdorchilik bildirildi. Universitetimiz va hokimlik o’rtasida hamkorlik tizimini yanada kengaytirish boʻyicha yo'l xaritasi tuzib olindi. Angren shahridagi qizil toifaga kiritilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablariga ham alohida urg'u qaratildi. Mazkur tadbirlar umumta’lim maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash maqsadida o’tkazilmoqda.