Yangiliklar

img
Wed, 02/21/2024 - 22:26

Akademik Yuqori Chirchiq tumani ziyolilari bilan uchrashdi

Joriy yilning 19-fevral kuni akademik Sh.Sirojiddinov Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani ma’naviyat va ma’rifat markazida tuman ziyolilari va  mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 
Akademik o‘z ma’ruzasida bugun yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mohiyati haqida so‘zlar ekan, O‘zbekiston o‘z taraqqiyotida yangi davrga qadam qo‘ygani, siyosiy, iqtisodiy –ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilayotgani haqida so‘zladi. Uchrashuv jarayonida  o‘tgan yilning 22-dekabrida o‘tkazilgan ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz ziyolilari oldiga qo‘yilgan dolzarb vazifalar mohiyati va joriy yilning 5-fevral kuni o‘tkazilgan ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalarga doir videoselektor yig‘ilishida davlat rahbarining maktablarda  tarbiya va ma’naviyat masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalari   tumanda yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan rahbarlar, mahalla raislari va o‘rta ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan maktab direktorlari hamda  direktor o‘rinbosarlariga hayotiy misollar vositasida  tushuntirildi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berildi.