Yangiliklar

img
Tue, 01/30/2024 - 15:05

Akademik Shuhrat Sirojiddinov samarqandlik ziyolilar bilan uchrashdi

Prezidentimiz har bir murojaatida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning oldingi safida ziyolilar bo'lishi, aynan ularga suyanishini qayd etadi. Shu ma'noda, taniqli ziyolilar yurtimizning barcha hududlarida yurtdoshlarimiz bilan uchrashib, o'z fikrlari va tahlillari bilan o'rtoqlashmoqdalar. Ana shunday uchrashuvlardan biri Samarqand viloyati  Pedagogika markazida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik, Shuhrat Sirojiddinov ma'ruza qildi. Pedagogika markazi direktori, professor A.Ibragimov Shuhrat Sirojiddinovning ilmiy faoliyatini e'tirof etib, 2023-yil 23-dekabrda  Sh.Sirojiddinovni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib tasdiqlangani va akademik unvoni berilganligi bilan samimiy qutladi.
Uchrashuvda Shuhrat Sirojiddinov yoshlar tarbiyasi, muallimlarning mas'uliyati, islohotlar, vatanparvarlik, ijtimoiy davlat tushunchasi, siyosiy yetuklik va sog'lom diniy eʼtiqod haqida oʻz mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.
Davra suhbatida viloyat hokimligi mas'ullari va markaz professor-o'qituvchilari va tinglovchilar ishtirok etdi.