Yangiliklar

img
Sat, 05/13/2023 - 19:24

Akademik faollik

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov universitet talabalari va tadqiqotchilariga "Navoiyshunoslik: yuz yilda tuzatilmagan xatolar" mavzusida ma'ruza o‘qidi. Ma'ruzada dohiy mutafakkirning tug‘ilishidan to vafotigacha bo‘lgan hayotining barcha fakt va voqealari qo‘lyozma, arxiv hujjatlari, boshqa manbalar asosida tahlil qilindi. Tarixchilar yozganidek, Alisher Navoiy o‘ta ziddiyatli, aralash va yangi umumturkiy uyg‘onish davriga intiluvchi muhitda yashagan. Hukmdor o‘g‘illari – teymuriylar taxt sari bor mahorat, qobiliyat va sa’y-harakatlarini qilich bilan ko‘rsatgan bo‘lsa, Alisher Navoiy o‘z tafakkuri, iste’dodi va ilmi bilan tabiiy umumturkiy uyg‘onish davriga yo‘l ochdi. Shuhrat Sirojiddinov bugungi ma'ruzasida matnshunos va manbashunos olim sifatida Navoiy hayot yo‘li, ijodi haqidagi muhim ma'lumotlar, og‘riqli masalalar, yosh tadqiqotchilar oldidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.