Yangiliklar

img
Mon, 09/19/2022 - 14:46

Akademik almashinuv dasturi davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti va Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti (NDLU) o’rtasida hamkorlik aloqalari o’rnatilganidan xabaringiz bor. Bu ikki tomonlama hamkorlik aloqalari o’zining samarasini berayotgani, talabalarimiz akademik almashinuv asosida tajriba almashayotgani, professor-o’qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish borasida ko’plab loyihalarni amaliyotga joriy etilayotgani quvonarlidir. Joriy yilning 19-sentabridan NDLUning 5 nafar iqtidorli bakalavr va magistrlaridan iborat talabalari ToshDO’TAUga keldilar. Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati yo‘nalishida tahsil oluvchi bu talabalar Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o'rtasidagi hamkorlik bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.  Bu iqtidorli yoshlar bir nechta chet tillarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlar va asosiysi o‘zbekistonlik tengdoshlari bilan tajriba almashishdan xursandlar. 


Mehmon talabalarni universitet xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nozliya Normurodova qabul qildi va ularni O‘zbek tili ta'limi fakultetiga biriktirdi.  Rossiyalik talabalar 1-oktabrga qadar universitetimizda bilim oladilar hamda talabalarimizni nufuzli "BMT modeli"  xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida ko‘mak beradilar.