Yangiliklar

img
Tue, 04/14/2026 - 15:07

Ajdodlar xotirasi qalbimizda

2026-yil 14-aprel kuni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Gulnoza Jo‘rayeva boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari hamda tyutorlari “Shahidlar maydoni” va “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurdi.

Mazkur tashrif yoshlar qalbida tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida tashkil etildi. Tashrif davomida ishtirokchilar ushbu maskanlarning tarixiy ahamiyati, qatag‘on yillarida begunoh qurbon bo‘lgan insonlar taqdiri bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida talabalar tomonidan turli ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali yoshlar o‘zlarining tarixiy xotiraga bo‘lgan hurmati, milliy qadriyatlarga sadoqati va yurtga muhabbatini ifoda etdilar. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi va bu borada fikr almashildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning ahamiyati katta ekanini alohida ta’kidlab, bu kabi tashriflar yoshlarni ongli, bilimli va faol shaxslar etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar.

 

Universitet jamoasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tashrif yoshlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.