
Thu, 03/31/2022 - 21:19
Aholini ro‘yxatga olish dasturi
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish uchun amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati aholini ro'yxatga olish dasturi hisoblanadi.
Aholini ro‘yxatga olish dasturi quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:
- Shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- tug‘ilgan sanasi va joyi;
- yoshi;
- jinsi;
- millati;
- fuqaroligi;
- yashash joyi (turgan joyi);
- tillarni bilishi;
- ma’lumoti;
- nikoh holati;
- bolalarining soni;
- uy xo‘jaligi tarkibi;
- uy-joy sharoitlari;
- bandligi;
- yashash uchun mablag‘lar manbalari;
- migratsiya (ichki va tashqi).
Aholini ro‘yxatga olish dasturiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin.
Dasturga javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan, boshqa sirga taalluqli axborotni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ro‘yxatga olish varag'ining shakllari aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.