Yangiliklar

img
Tue, 06/13/2023 - 15:18

Afg'onistonlik talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazildi

2023-yil 12-iyun kuni  Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi O'zbek tili va adabiyot yo'nalishining  bitiruvchi talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasini  topshirdilar.
Ushbu davlat attestatsiyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti  professor- o'qituvchilari Marg'uba Abdullayeva, Qozoqboy Yo'ldoshev, Dilafruz Nazarova hamda Afgʻoniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi o'qituvchilari Sayyora To'rayeva, Dilfuza Niyozova tomonidan olindi.

Barcha talabalarni davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganliklari bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!!!