Yangiliklar

img
Sat, 12/24/2022 - 13:14

Adiblar xiyobonidagi mushoiralarning yillik sarhisobi

23-dekabr kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida "Xiyobon oqshomlari" adabiy kechasining 2022-yil yakuniga bag'ishlangan bayram dasturi bo'lib o'tdi.
 Unda universitetimizning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Kamola Abdug'aniyeva "Xiyobon oqshomlari" yillik anjumanida I o'ringa sazovor bo'lib, 2 mln so'm pul mukofoti va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

   “Xiyobon oqshomlari” sheʼriyat kechasi mamlakatimiz yoshlari qalbida adabiyot va ijodga boʻlgan munosabatni rivojlantirish, yangi ijodkorlarni kashf qilish va qoʻllab-quvvatlash, kitobxonlikni targʻib qilish, faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar samaradorligini yanada oshirish, ijodkorlarni bir joyga jamlash maqsadida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi tashabbusi bilan 2021-yil avvalidan boshlab, poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da oʻtkazilyapti. Haftaning shanba kunlari ochiq osmon ostida, daraxtlar soyasi, ustoz ijokorlarning haykallari qoshida boʻlib oʻtayotgan “Xiyobon oqshomlari”da yosh shoirlar navbatma-navbat oʻz ijodidan, ustoz yo tengdosh shoirlar sheʼrlaridan aytadi. Galni esa boshqa tengdosh ijodkorga uzatadi. Shu tariqa sheʼriyat kechasi davom etadi.