Yangiliklar

img
Thu, 05/11/2023 - 16:07

Adiblar xiyobonida "Mushoira Fest" adabiyotshunoslik festivali o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi PQ-2894-son qaroriga muvofiq, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan, nafaqat yurtimiz, balki jahonning turli mamlakatlaridan mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradigan har tomonlama go‘zal va betakror maskanga aylantirish, ma’naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli so‘z san’atkorlarining tarixiy xotirasini abadiylashtirish, Adiblar xiyobonida doimiy ravishda kitoblar ko‘rgazmalari va taqdimotlari, turli adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish belgilangan.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan talabalarning shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishi, adabiyotga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Mushoira fest” adabiyotshunoslik festivali o'tkazildi. Festivalda O'zbek filologiyasi fakulteti talabalari, tyutorlari ishtirok etdi. O'zbek adabiyotining mumtoz namunalaridan iborat mushoirada talabalar faol ishtirok etishdi.


Bunday festivallardan ko'zlangan asosiy maqsad shoir va yozuvchilarning boy adabiy va ilmiy merosini talabalarga namoyish qilish va ko‘rgazmali tarzda ta’lim berish orqali ularni yuksak ma’naviyatli va keng ma’rifat sohibi etib tarbiyalashdan iboratdir.