
Adiblar xiyobonida Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi
Bugun buyuk bobokalonimiz, ulugʻ mutafakkir, jamoat arbobi, nazm mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida katta tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi. Tadbirda olimlar, qardosh mamlakat vakillari, adabiyotshunoslar, yozuvchi va shoirlar, oliy ta’lim muassasalari ustoz va talabalari, shuningdek Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham ishtirok etdi. Tadbirda navoiyshunos olimlar, mehmonlar soʻzga chiqdi. Jumladan, navoiyshunos Burobiya Rajabova, AQShlik olim Azizullo Orol turkiyalik olim Vohid Turk so‘zga chiqdi.
Badiiy qismida Navoiy gʻazallari, she’rlar, goʻzal kuylar va qoʻshiqlar armugʻon etildi. Ayniqsa, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Rahimboy Jumaniyoz Navoiy g‘azallaridan, yosh shoira Kumush Abdusalomova shoirga bag‘ishlangan she’rlar ibarchani to'lqinlantirib yubordi. Tadbir soʻngida she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi ham oʻtkazildi.