Yangiliklar

img
Mon, 10/13/2025 - 17:25

“Adiblar xiyoboni”da ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi

2025-yil 13-oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabalari hamda universitet tyutorlari ishtirokida “Adiblar xiyoboni”da keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar qalbida adabiyot va san’atga mehr uyg‘otish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Dastur doirasida talabalar o‘rtasida arqon tortish musobaqasi hamda she’rxonlik bellashuvlari tashkil etildi. Faol ishtirokchilar universitet ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, ularni adabiyot va san’at olamiga yanada yaqinlashtirish, shuningdek, sport orqali jamoaviylik va do‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

 

Tadbir yakunida ishtirokchilar “Adiblar xiyoboni”da joylashgan buyuk adiblar haykallari va ularning hayoti hamda ijodiga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar. Bu esa talabalar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, xalqimizning boy madaniy merosiga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.

 

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va milliy o‘zlikni qadrlash ruhida tarbiyalash, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda barkamol avlod sifatida voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.