Yangiliklar

img
Mon, 06/13/2022 - 17:56

Adiblar xiyobonida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi

2022-yilning 13-iyun kuni Adiblar xiyobonida “Alisher Navoiy buyuk siymo” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining Amaliy filologiya fakulteti talabalari, tyutorlari hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari S.Xudoyberdiyeva ishtirok etdi.

Ma’lumki, xalqimizning buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, oʻzbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy avvalgi hamda zamondosh shoirlardan farqli tarzda oʻz ona tilida bir necha barobar ortiq asarlar yaratdi. Oʻzbek tilini davr talabi darajasiga, yuksaklikka koʻtarish va uning kelgusi taraqqiyotiga keng yoʻl ochish uchun haqiqiy kurashchi sifatida maydonga chiqdi. Oʻzbek tilining nufuzli, eʼtiborli tillar qatoridan, hatto baʼzi jihatlari bilan oldingi safdan oʻrin egallashini asosladi.

Tadbirda talabalar tomonidan shu mavzu doirasidagi yangi ma’lumotlar aytildi. Ma’naviy dunyomizda mangu tirik yashayotgan ulug’ mutafakkir ijodiga bag’ishlangan tadbir barcha qatnashchilar uchun manzur bo’ldi.