Yangiliklar

img
Wed, 03/02/2022 - 16:22

Аdabiyotshunos A’zamxon Qozixo‘jayev xotirlandi

“Yosh munaqqid klubi”ning navbatdagi mashg‘uloti marhum adabiyotshunos A’zamxon Qozixo‘jayev xotirasiga bag‘ishlandi. Ijodkorning “Gar ortuq so‘z dedim…” kitobi taqdimoti yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Taqdimotni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Bahodir Xoliqov ochib berdi. Taqdimotda so‘z olganlar: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institute Adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar bo‘limi mudiri, f.f.doktori Suvon Meli, f.f.d., professor Nurboy Jabborov, O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi katta ilmiy xodimi Abdurasul Eshonboboyev, f.f.d., professor Zulxumor Xolmonovalar marhum adabiyotshunosning  hayot yo‘lini xotirlab, uning ijodi bugungi kun yoshlariga namuna ekanligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, taqdimotda marhum ijodkorning yaqinlari ham ishtirok etib, universitet jamoasi va tashkilotchilaridan mamnun ekanligini bildirishdi.