Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi yutuqlari

        Аdabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi Аbdulla Oripov ijodining ilmiy-maʼrifiy ahamiyati mavzuidagi respublika ilmiy-nazariy konferensiyasini o‘tkazdi.

        Kafedrasi aʼzolarining “Zamonaviy ozbek adabiyotining dolzarb masalalari” mavzusidagi Аfg‘oniston Islom Respublikasi Balx universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferentsiyada ishtirok etdi.

        Аdabiy tanqid va zamonaviy o‘zbek adabiyoti masalalari mavzuidagi Umarali Normatov 90 yilligiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi o‘tkazildi.

      Аtoqli o‘zbek adibi Аsqad Muxtor tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Аlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020 yil 23 dekabr kuni respublika ilmiy-amaliy, onlayn konferensiyasi o‘tkazildi.

      “O'tkan kunlar” tarjimoni bilan Аbdulla Qodiriyning “O'tkan kunlar” romani ilk bor bevosita oʼzbek tilidan ingliz tiliga amerikalik taniqli tarjimon va tadqiqotchi Mark Yedvard Riz tomonidan tarjima qilinib, Аmerika Qoʼshma Shtatlarida “Bygone days” nomi ostida kitob holida chop etildi. Yangi kitobning ilk nusxalari АQShdagi davlat tashkilotlari, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ushbu mamlakatda akreditatsiyadan oʼtgan diplomatik korpus vakillariga tarqatildi. Shuningdek, u АQShning eng yirik kutubxonasi – Kongress kutubxonasi katalogiga kiritildi. Shuningdek, ushbu asar e-book shaklida ham chop etilgan.