Yangiliklar

img
Mon, 11/13/2023 - 23:06

Adabiy ta’lim: milliy va xalqaro metodologiyalar qiyosi

2023-yil 13-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti 310-guruh talabalariga Janubiy Qozogʻistonning Muxtor Avezov nomli universiteti dotsenti Yormuhammad Mamadaliyev tomonidan Oʻzbek adabiyotini oʻqitish metodikasi fani boʻyicha “O‘zbekiston ta’lim muassasalarida amal qilinayotgan adabiyot о‘qitish metodlarini xorijdagi o‘qitish metodlari bilan qiyoslab o‘rganish” mavzusida ma’ruza mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda adabiy ta’limda Oʻzbekistonning yutuqlari va kamchiliklari muhokama qilindi. Oʻzgarib borayotgan oʻquv dasturlarining xalqaro mezonlarga mosligi masalasi koʻrib chiqildi.
Ma’ruza jonli va qizgʻin tarzda oʻtdi, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.