Adabiy aloqalar va ilmiy hamkorlik
2023-yil 13-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda L.N.Gumilyov nomidagi xalqaro Yevrosiyo universiteti professori, filologiya fanlari doktori Orazbek Maqtagul "Көркем әдебиеттегі архетиптер және архетип образдар" mavzusida ma’ruza qildi. Dastlab, xalqaro nazariy-metodologik seminar raisi, f.f.d., prof. Uzoq Jo‘raqulov so‘zga chiqib, har ikkala qardosh qozoq va o‘zbek xalqlari adabiyoti mushtarakligi, ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi amaliy harakatlarda bugungi seminarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi. Shundan so‘ng universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori p.f.d., prof. Odinaxon Jamoldinova so‘zga chiqib, universitetning xalqaro aloqalari va ilmiy faoliyatini yanada kengashtirishga xizmat qilayotgan bunday ishlarni ko‘paytirish haqida alohida to‘xtaldi. O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani f.f.d., prof. B.Abdushukurov ushbu seminar faoliyati haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib, qardosh qozoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga chorladi. Filologiya fanlari doktori Orazbek Maqtagul "Көркем әдебиеттегі архетиптер және архетип образдар" mavzusidagi ma’rizasida arxitep turlari, adabiyotda qo‘llanishi va barcha xalqlarda bo‘ladigan umuminsoniy arxiteplarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ma’ruza yuzasidan f.f.d., prof. Islomjon Yoqubov, f.f.n., dotsent D.Xoldorov, f.f.f.d., dotsent O.Tojiboyevalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, mehmonlarga universitet nomidan esdalik sovg'alar topshirildi. Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan seminar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.