Yangiliklar

img
Wed, 10/25/2023 - 14:27

Abdumannop Egamberdiyevning xotira kechasi

Universitetimizda iqtisodiyot fanlari doktori, professor, yozuvchi va shoir Abdumannop Egamberdiyev tavalludining 95 yilligi munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda serqirra ijodkor hayoti, faoliyati, insoniy fazilatlari, u bilan bog‘liq yorqin xotiralar xususida batafsil so‘z yuritildi. Ta'kidlanganidek, Abdumannop Egamberdiyev adabiyotga ellik yoshdan oshganida, katta hayotiy tajriba orttirgandan so‘ng kirib keldi. Adibning rus tilidagi ilk asari – “Ten jyoltogo drakona” tarixiy romani bo‘lib, 1984 yili Moskvadagi “Voyenizdat” nashriyotida 1000 nusxada chop etilgan va bu muallifni keng kitobxonlar ommasiga tanitdi.
1988-yili romanning o‘zbek tilidagi nashri “Sariq ajdar hamlasi” nomi bilan chop qilindi. Ushbu asar 2013 va 2016-yillarda qayta nashr etilgan.
Taniqli olim, serqirra ijodkor nazm muxlislariga “G‘azal sehri”, “Aruz jilolari”, “O‘zbek bo‘lib tug‘ildim” kabi she’riy to‘plamlari orqali yaxshi tanish.