img

Abdullayeva Marg‘uba Dusmiratovna

Filologiya fanlari doktori, dotsent


Abdullayeva Marg‘uba Dusmiratovna Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani. Filologiya fanlari doktori, dotsent. 2016 yildan buyon Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib bormoqda. 100 dan ortiq ilmiy, o‘quv-metodik ishlar muallifi. Turkiy adabiyot va tarixiy-nasriy asarlar tadqiqotchisi. “Tarixiy asarlar badiiyatining qiyosiy tahlili. (“Boburnoma” va “Shajarayi turk” asarlari misolida) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini (2008); “Adabiy-tarixiy asarlarda kichik janrlar poetikasi” (DSc)  dissertatsiyasini (2021) muvaffaqiyatli himoya qilgan. U 2019-2021 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedra mudiri lavozimida ishlagan.

Abdullayeva Marg‘uba Dusmiratovna Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti DSc.03/30.12.2019. raqamli ilmiy kengash a’zosi. 

Abdullayeva Marg‘uba xalqaro ilmiy jurnallar va xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etadi.