Yangiliklar

img
Fri, 01/27/2023 - 16:30

31 nafar xorijlik talaba magistratura bosqichini yakunlaydi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida o'ttizdan ziyod  xorijliklar masofaviy shaklda magistratura bosqichida ta'lim olishadi. Ularga universitetimizning yetuk olimlari, professor va dotsentlar saboq berib kelishmoqda. Xorijlik magistrlar O'zbek tili va adabiyoti ta'limi kafedrasiga biriktirilgan bo'lib, aynan shu mutaxassislik bo'yicha tahsil olishadi.
Masofaviy ta'lim shakliga qabul qilingan ilk magistrlar joriy o'quv yilida o'qishni tamomlashadi. Hozirda ular 3-semestr uchun yakuniy nazorat imtihonlarini o'tkazishmoqda. Mazkur jarayonlardan so'ng magistrlarimiz o'zlari egallagan nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishadi, dissertatsiyalarining aprobatsiyasini yakunlashadi. Shundan so'ng magistrlik ishlari himoyasi bo'lib o'tadi.