Yangiliklar

img
Mon, 09/09/2024 - 17:40

2024/2025-o'quv yiliga start berildi

Yurtimizning barcha oliy ta’lim darhoglarida 9-sentabrdan yangi o’quv yili boshlandi. Jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida ham yangi o’quv yili ko’tarinki ruhda qarshi olindi.  2024/2025-oʻquv yili universitet uchun juda koʻp ijobiy oʻzgarishlar yili boʻlibgina qolmay, sinov va tajribalarni yana-da oshirish yili ham boʻlishi kutilmoqda. Joriy oʻquv yilida oliy ta’lim tizimidagi islohotlar davom etib, xalqaro standartlarga moslashdi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ham yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan barcha ijobiy oʻzgarishlar jarayonida peshqadamlardan boʻlib kelmoqda. Bu yildan boshlab bizning ta’lim dargohimizda yangicha tizim joriy etilmoqda. Bu tizimga asosan  smart universitet konsepsiyasi amaliyotga joriy etilib, “Registrator ofisi” faoliyat boshlaydi. Bu talabalar uchun ham, pedagogik jamoa uchun ham juda katta qulayliklar yaratishi kutilmoqda. 
Bugun kun hammadan ham koʻra birinchi bosqichga qabul qilingan yigit-qizlarning bir umr yodida qoladi. Joriy yilda 1100 dan ziyod yoshlar mazkur  universitet talabasi boʻlish baxtiga sazovor boʻlishdi. Tantanali yig’ilishda eng yuqoru ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar so’zga chiqib, o’z quvonchlari bilan bo’lishdilar. 
Tadbirda so’z olganlar birinchi bosqich talabalarini qutlab, jahon reytinglarida kuchli 300 talikka kirgan, yurtimizning eng nufuzli universitetlaridan birining talabasi boʻlganliklarini alohida qayd etishdi. 

  

Biz Yangi O‘zbekiston kelajagini aynan siz kabi yoshlarning ko‘zlarida ko‘ramiz.  Siz talabasiga aylangan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti nafaqat mamlakatimizda, balki jahonda ham e'tirofga sazovor bo‘layotgan,  talabalarga sifatli ta'lim berayotgan universitetdir. Biz tabalarimizni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol, ma'naviyati va dunyoqarashi bilan barchaga o‘rnak bo‘la oladigan, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi etib tarbiyalashga bor diqqatimizni qaratganmiz. Universitetimizda tahsil olishni boshlagach bularning barchasiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz. Istardimki, ilmiy salohiyati yuksak professorlarimizdan muhim bilimlarni oʻrganib, sohangizning yetuk mutaxassislariga aylanasiz, millatimiz ertangi kuni ishonchli qoʻllarda ekaniga biz ham yana bir karra ishonch hosil qilamiz! Barchangizga yangi oʻquv yili oldidan omad va zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz!