Yangiliklar

img
Wed, 01/14/2026 - 21:14

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

“Psixologiya va sotsiologiya” kafedrasiga qarashli Ijtimoiy ish yo‘nalishi 102-guruh talabalari tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetimizda tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar ishtirok etib, barcha erkaklarni ushbu sharafli kun bilan tabrikladilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga ramziy ma’nodagi lentalar taqdim etildi, shuningdek, universitetimiz ustozlariga alohida lentalar ulashildi. Bu nafaqat qadriyatlarni yodga olish, balki fidokorona xizmat qilayotgan ustozlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish maqsadida amalga oshirildi. Shu bilan birga, tadbirda ijtimoiy ish yo‘nalishi 102-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan qisqa ma’ruzalar, interaktiv suhbatlar va Vatan himoyachilarining xizmatlarini yodga olishga qaratilgan chiqishlar namoyish etildi. Talabalar bayram kayfiyatini oshirish maqsadida she’riy o‘qishlar va ijodiy chiqishlar bilan ishtirok etdilar, bu esa tadbirga iliqlik va samimiylik hissini qo‘shdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va samimiy tilaklar bilan taqdirlanib, Vatan himoyachilarining xizmatlari va tinchlikni qadrlash borasidagi ahamiyatli xotiralar bilan tadbirni yakunladilar.