
1-kurslarga amaliyot boshlandi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 1-kurs talabalari joriy yilning 14-fevralidan boshlab oʻquv-malakaviy amaliyotga yoʻl oldi. Ular 2 hafta mobaynida Toshkent shahridagi muzeylarda milliy tariximiz va uning oʻziga xosligini, tarixiy eksponatlarni oʻrganadi hamda turli tillarda tarjimonlik qilish koʻnikmalarini shakllantiradi. Shu munosabat bilan 1-kurs talabalariga amaliyot yoʻllanmalari berildi. Fakultet dekani A.Sayfullayev talabalarga amaliyot haqida umumiy tushunchalarni aytib o‘tdi.
Soʻngra amaliyot oʻqituvchilari tomonidan talabalarga ishlash tartibi, kundalik yuritish kabilar tushuntirildi, biriktirlgan amaliyot oʻqituvchilari bilan tanishtirildi.