Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

Tug‘ilgan sanasi: 19.01.1989
Millati: O‘zbek
E-mail: nafisarazzakova@navoiy-uni.uz
Kontakt: +99897 410 36 63
Qabul kunlari: 9:00 - 18:00
Dushanba-shanba
MA'LUMOT
- Mazkur Nizom va universitet Ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
- Me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yuritish;
- Universitet Kengashi qarorlarining ijrosini ta’minlash;
- Bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish.
- Bo‘lim xodimlari Universitet rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi.
- Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Ta’lim:
2007-2011 |
Bakalavriat: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti |
2018-2020 Magistratura: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti |
Ish faoliyati:
2007-2011 |
| |
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti talabasi |
| |
2012-2018 |
| |
Toshkent shahar Chilonzor tibbiyot kolleji Ijtimoiy fanlar kafedrasida o‘qituvchi |
| |
2018-2020 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti 2020 – hozirgi paytgacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Hozirgi ish joyi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i |
|
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
Talaba yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxassis, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalash, bo‘lajak mutaxassisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fikrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni hayotda o‘z o‘rnini topish, o‘z taqdirini o‘zi belgilashni, kelajakka bo‘lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Bo‘limning vazifalari
- Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
- ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;
- ustoz-shogird tizimini takomillashtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- ustoz-murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan murabbiylik soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlab borish;
- universitetda o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;
- turli tarbiyaviy yo‘nalishdagi uchrashuvlar o‘tkazish;
- huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirib borish;
- talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;
- talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;
- universitetda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
- universitetda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o‘tkazishni tashkil qilish;
- Universitetda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning millati, jinsi, sog‘lomligi, diniy e’tiqodi, tashqi ko‘rinishi va irqiga qarab huquqlarini cheklash, xo‘rlash holatlarining oldini olish, ayollar va erkaklarning gender tengligini saqlash, ularning erkin ijod qilishi va iqtidorlarini namoyon etishlariga keng sharoitlar yaratib berish.
- Diskriminatsiya va zo’ravonlikka qarshi kurashish
- Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtojlar, chin yetimlar va boquvchisini yo‘qotgan talabalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, zarur ko‘nikmalarni shakllantirish va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda fan va kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish, zarur hollarda tegishli imtiyozlar bilan ta’minlash;
- bayramlar va allomalarning tavallud kunlari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;
- talaba va professor-o‘qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini tashkil etib borish;
- Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch, vazifalarini sitqidildan bajarishga tayyorlash;
Bo‘limning huquq va majburiyatlari.
- Universitetda professor-o‘qituvchilarni mehnat-shartnomasida ko‘rsatilgan ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar majmuasi bajarilmagan holda rektorga tegishli takliflar kiritish.
- Talabalarni o‘quv yurtidan chetlashtirish yoki tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan takliflar kiritish
- Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor bilan quyidagilar kelishishi kerak:
- O‘quv jarayonida talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, o‘quv yurtidan chetlashtirish, qayta tiklash, rag‘batlantirish yoki jazolash to‘g‘risidagi buyruqlar;
- kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj professor-o‘qituvchi va hodimlar, talabalar, ilmiy izlanuvchilarni ijtimoiy himoyasi bo‘yicha takliflar kiritib borish;
- turli tanlovlar yakuni bo‘yicha mukofotlarga tavsiyalar kiritish va ularni mukofotlashni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi, shuningdek, Navoiy, Beruniy nomdagi maxsus stipendiyalarga talabalar va ilmiy izlanuvchilar orasidan nomzodlar tanlash;
- O‘qituvchi va talabalar orasidan xorijiy mamlakatlarga o‘qishga, tajriba almashishga, malaka oshirishga va ishlashga yuboriladigan guruhlarni tuzish;
- mehnat bitimlari, attestatsiya va kadrlar bilan ishlashga oid masalalar.
Ustoz-shogird tizimi to'g'risidagi NIZOM
Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi NIZOMI