Yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida Startap loyihalari uchun 2-tur tanlovi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 133-son Qarori bilan tasdiqlangan “Startap” loyihalarni tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandiga muvofiq universitet miqyosida yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha talabalar o‘rtasida startap loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:
- arizalar 2022-yil 15-martdan 2022-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi mumkin;
- Startap loyihalar asosida elektron o‘quv adabiyot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning eng ko‘p muddati 6 oydan oshmasligi lozim.
Startap loyihalar tanlovini o‘tkazish shartlari:
- Tanlovda keng ko‘lamdagi barcha yo‘nalishdagi istiqbolli startap-loyihalarni yaratish va amalga oshirishga qaratilgan arizalar qabul qilinadi. Ular innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslanishi shart.
Startap loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, yangi xizmat turini yaratishni ko‘zda tutganligi;
- Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi;
- Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining hajmi 5 (besh) mln. so‘mdan oshmasligi;
- Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k;
- Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati va muddatlari.
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar startup.toshdotau@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar PDF shaklda elektron pochtaga yuborilishi lozim:
- Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
- Startap loyiha pasporti (1-2 bet);
- Xarajatlar smetasi (1 bet);
- Startap loyiha biznes matni (1-2 bet);
- Startap loyiha taqdimoti (5-7 slayd).
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:
- Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
- Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
- Startap loyihada taqdim etilgan muammoning echimi mavjud emasligi;
- Startap loyihaning avvalgi tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi.
DIQQAT! STARTAP LOYIHALAR TANLOVINING 1-TURIDA ISHTIROK ETGAN TALABGORLAR 2-TURDA QATNASHISHLARI MUMKIN.
Startap loyihalarni shakllantirish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilish mumkin: A blok 421-xona.