Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi ilmiy-nazariy seminar
2022-yilning 21-aprel kunida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo’lib o’tdi.
Mazkur seminarda oʻqituvchi Dildora Tolipova “Oʻzbek va rus tillarida lakunalar” mavzusida maʼruza qildi. Seminarda lakunalar haqida umumiy ma’lumot berildi. ularning oʻzbek va rus tilida oʻrganilishi, realiyalardan farqi kabi masalalar yoritildi.
Maʼruzachi tinglovchilar tomonidan berilgan koʻplab savollarga javob berdi. Seminar juda samarali va yuqori darajada oʻtdi.
Ma’lumot uchun: har qanday til yoki dialektda boshqa tilga bir so'z bilan tarjima qilib bo'lmaydigan so'zlar mavjud bo'ladi. Bunday so'zlarga muqobilsiz leksika deyiladi. Muqobilsiz leksika muayyan xalq madaniyatiga xos hodisalarni aks ettiradi. Bir tildagi so'z boshqa tilda muqobilini topa olmagan o'rinlarda har doim lakuna hodisasi voqelanadi.
Lakunalar (lot. lacuna - bo'shliq, chuqurlik, cho'nqir joy) - matnda bo'sh qolgan,
tushib qolgan joy, "tilning semantik xaritasidagi oq dog'lar"dir.
Muqobilsiz leksika singari lakunalar ham tillarning qiyosida seziladi.