Xalqaro ilmiy yutuq
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Kompyuter lingvistikasi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi Umidjon Yodgorovning hammualliflikdagi ilmiy maqolasi Scopus bazasida indekslanuvchi, Q1 toifasidagi nufuzli xalqaro ilmiy Mathematics jurnalida nashr etildi.
Maqola “Gibrid senzuralash sharoitida parametrik raqobatlashuvchi xavflar uchun Berrnshteyn–fon Mizes teoremasi” (“A Bernstein–von Mises Theorem for Parametric Competing Risks Under Hybrid Censoring”) deb nomlanadi. Tadqiqotda gibrid senzuralash sharoitida raqobatlashuvchi xavflar modellarining statistik xususiyatlari, parametrlarni baholash va Berrnshteyn–fon Mizes teoremasining qo‘llanilishi o‘rganilgan.
Mazkur ilmiy ish matematik statistika va ehtimollar nazariyasi yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni yoritishi bilan ahamiyatlidir.
Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.mdpi.com/2227-7390/14/18/3277
Umidjon Yodgorovni ushbu xalqaro ilmiy yutug‘i bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

