
Universitetimizda turk tili o'rganuvchilarining til bilish darajasini aniqlovchi imtihon o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyaning ko’pgina ta'lim muassasalari, ilm dargohlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Ana shunday hamkorlarimizdan biri Turkiyaning dunyoga mashhur Yunus Emro institutidir. Mazkur institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq universitetimizda bepul turk tili kurslari tashkil etilgan.
2022-yilning 15-18-may kunlari universitetimizda Yunus Emro instituti Turkologiya bo’limi mudiri Yavuz Kartallioglu boshchiligidagi 10 kishilik professorlar jamoasi turk tili o'rganuvchilarining til bilish darajasini aniqlovchi imtihon o‘tkazishdi.
Imtihonlar turk tilini bilishning A1dan C1gacha barcha darajalarini qamrab olgan sinovlar asosida tashkil etildi. Sinov imtihonlarida 200 ga yaqin ishtirokchilar qatnashishdi. Imtihon javoblari 10-iyundan so’ng e’lon qilinadi.