Yangiliklar

img
Wed, 06/08/2022 - 17:05

Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasining ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi

Joriy yilning 8-iyun kuni  Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan "Tarjimani san'at darajasiga aylantirishning o'ziga xos qoidalari, muammolari va lisoniy omillari" mavzusidagi ilmiy-nazariy seminar tashkil etildi. Mazkur seminarga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yakubov Jamoliddin Abduvaliyevich tashrif buyurdi.

Professor Jamoliddin Yakubov tomonidan tarjima, uning san’at darajasiga aylantirilishi, tarjimaning o’ziga xos qoidalari, muammolari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ilmiy-nazariy seminarda  fakultet professor-o'qituvchilari va talabalar ishtirok etdi. Seminar qizg'in bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Seminar qatnashchilari o‘zlarining tarjima sohasidagi qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ma’lumot uchun, XX asr oʻzbek adabiyotida tarjimashunoslik maxsus fan tarmogʻi sifatida yuzaga keldi va shakllandi. Choʻlpon, Sanjar Siddiq kabi mohir tarjimonlar nafaqat bu davr tarjima adabiyotini, ayni paytda tarjimashunoslik ilmini ham boshlab bergan, tarjima haqida maqola va risolalar bitgan. Oʻzbekistonda tarjimashunoslik maxsus ilm sifatida oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan shakllandi.

Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi hisoblanadi.